Yevropaning 22 mamlakatida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi — JSST
Foto: Reuters
Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Yevropaning 22 davlatida qayd etilgan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge aytib oʻtdi.
“Vaqt oʻtishi bilan ”Covid-19“ oʻzgardi. Yangi shtamm tezroq tarqaladi. Ammo u keltirib chiqaradigan kasallik sezilarli darajada oʻzgarmagan”, deydi Klyuge.
Taʼkidlanishicha, SARS CoV-2 (VOC) barcha yosh toifalarida roʻyxatga olingan. Biroq, bolalar yuqori xavfli guruhga kirmaydi. Yangi variant vaqt oʻtishi bilan yosh toifalarini almashtirishi mumkin, xuddi Buyuk Britaniya va qisman Daniyada kuzatilgani kabi.
JSSTning Yevropa boʻyicha mintaqaviy byurosi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda mintaqaning 53 mamlakatida 26 million holatda kasallik tasdiqlangan. Infeksiya asoratlari oqibatida 580 mingdan ortiq odam hayotdan koʻz yumgan.
2021-yil boshidan Yevropada 230 milliondan ortiq odam izolyatsiya holatida yashamoqda. Yana bir nechta davlatlar kelasi hafta yangi cheklovlarni eʼlon qilmoqchi.
Avvalroq JSST koronavirus mutatsiyasi dunyoning 41 mamlakati va hududida topilgani haqida xabar bergan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring