Yevropa Ittifoqi koronavirusga qarshi vaksinani bosim ostida tasdiqlagan — OAV

02:17 18 Yanvar 2021 Dunyo
878 0

Yevropa dori vositalari agentligi (YEDVA) koronavirusga qarshi bir nechta vaksinani bosim ostida sertifikatlashtirgan. Bu haqda Fransiyaning “Le Monde” nashri yozmoqda.

Fransuz nashri “Pfizer“/”BioNTech” kompaniyalari vaksinasining sifati shubha ostiga olingan hujjatlarni oʻrganib chiqqan boʻlsada, Yevropa Ittifoqining bir qator yuqori martabali amaldorlarining ushbu vaksinani tezroq tasdiqlash talabini toʻxtata olmagan.

Nashrga koʻra, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen goʻyoki “Pfizer“/”BioNTech“ va ”Moderna" vaksinalarini 2020-yil oxiriga qadar tasdiqlash zarurligi talabini qoʻygan.

Ammo komissiya xodimining nashrga aytishicha, har ikkala vaksinada hamon muammolar mavjud.

Avvalroq, “Pfizer“/”BioNTech” vaksinasi bilan emlanganlar orasida AQSHda 55ta, Norvegiyada 23 ta Germaniyada 10 ta oʻlim qayd etilgani haqida xabar bergan edik.

Litvada esa 79 nafar shifokor aynan ushbu vaksinaning birinchi dozasini olganiga qaramay koronavirus yuqtirib olgani haqida maʼlum qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер