Yevropada gaz narxi tushdi. Ammo u baribir qimmatligi aytilmoqda

21:22 28 Oktyabr 2021 Dunyo
1446 0

Foto: AP

Yevropada gaz narxi 9 foizga pasayib, uning ming kubometrining qiymati 950 dollargacha tushdi.

ICE Futures birjasi maʼlumotiga koʻra, noyabr oyi uchun xuddi shu narxda fyuchers shartnomalari imzolangan.

Joriy yil kuzida Yevropada gaz narxida keskin oʻsish kuzatildi. Masalan, avgustda gazning ming kubometri uchun 515 dollar dollardan shartnomalar imzolangan boʻlsa, sentyabrga kelib bu qiymat ikki barobardan ham oshib ketdi. Xususan, 6-oktyabr kuni oʻtkazilgan savdolarda tarixiy maksimum — uning ming kubometrini bahosi 1937 dollarga chiqdi. 

Soʻnggi kunlarga kelib, gazning narxida pasayish kuzatila boshlagan. Ammo u baribir qimmatligi aytilmoqda. Gazga bogʻliqligi bois Yevropada elektr energiyasi qimmatlashib ketmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер