Yevropa Rossiya bilan yadro urushiga tayyorgarlik koʻrishni boshladi
Illyustrativ foto
Yevropa davlatlari oʻz fuqarolarini Rossiya bilan ehtimoliy yadro urushiga tayyorlashni boshladi. Bu haqda “The Economist” nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, Shvetsiyada aholiga omon qolishning asosiy tamoyillari haqida maʼlumot beruvchi besh million dona varaqa tarqatilgan. Bundan tashqari, risolalarda rasmiylar fuqarolarni mamlakatga hujum sodir boʻlgan taqdirda oldindan harakat rejasini oʻylab koʻrishga chaqirilgan.
Taʼkidlanishicha, varaqalar tarqatishdan maqsad shvedlarni qoʻrqitish emas, balki ularni tayyorlanishga undashdir. Bunday yondashuv inqiroz holatida davlat tuzilmalari yukini kamaytirishi mumkin.
Bungacha, Polsha oʻz aholisini urushga tayyorlashga kirishgani haqida xabarlar tarqalgandi. Varshava milliardlab yevroga qurol sotib olishni va fuqarolarni ehtimoliy harbiy mojaroga tayyorlashni boshlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring