Yevropa Komissiyasi 300 million doza koronavirus vaksinasiga buyurtma berdi
Yevropa Komissiyasi “AstraZeneca” farmatsevtika kompaniyasi bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina sotib olish boʻyicha birinchi kelishuvni imzoladi, deya xabar bermoqda TASS YEI bayonotiga tayanib.
“Vaksina COVID-19 ga qarshi oʻz xavfsizligi va samaradorligini isbotlashi bilanoq, Yevropa Komissiyasi keyinroq yana 100 million dozada sotib olish imkoniyati bilan Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar nomidan 300 million dozada “AstraZeneca” vaksinasini sotib olish toʻgʻrisida kelishuvga erishdi”, deyiladi bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, anglo-shved “AstraZeneca” farmatsevtika kompaniyasi Oksford universiteti bilan hamkorlikda koronavirusga qarshi vaksina yaratgan, iyun oyi oxirida esa JSST bosh tadqiqotchisi Sumiya Svaminatan uni Amerikaning “Moderna” yaratgan vaksina bilan bir qatorda dunyoda ishlab chiqarilayotgan dorilar orasida yetakchilardan biri sifatida qayd etgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring