Yevropa Ittifoqining yana bir mamlakat evtanaziyani qonuniylashtirdi
Illyustrativ foto
Portugaliya prezidenti Rebelu de Sousa evtanaziyani qonuniylashtiruvchi hujjatni imzoladi
Qayd etilishicha, Respublika Assambleyasi koʻpchilik ovoz bilan “Oʻlim holatida tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida»gi qonunning yangi tahririni maʼqullagan.
Ushbu hujjat mamlakat konstitutsiyasi 135-moddasi talabiga muvofiq Prezidentning 43/XV-sonli Farmoni bilan qabul qilingan.
2021-yil yanvar oyida Portugaliya parlamenti evtanaziyani qonuniylashtirishni maʼqullagan edi. Qonun loyihasiga koʻra, davolashni imkoni boʻlmagan xastalik va ogʻir jarohat olgan bemorlar shifokorlar koʻmagida oʻz ixtiyori hayotini tugatish huquqiga ega boʻladi.
Shunday qilib, Portugaliya ushbu protseduraga ruxsat bergan Yevropa Ittifoqining oltinchi davlati boʻldi. Bungacha Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Ispaniya shunday qarorga kelgan edi.Yevropa davlatlarida evtanaziya huquqini oʻta xavfli kasallar yoki ogʻir surunkali xastaliklarga chalingan, chidab boʻlmas jismoniy yoki ruhiy azob-uqubatlarga olib keladigan va davolanib boʻlmaydigan kishilar olishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring