Yevropa Ittifoqining 20 davlati Ukraina uchun snaryadlarni umumiy xarid qilishda ishtirok etadi

00:43 21 Mart 2023 Dunyo
1215 0

Illyustrativ foto

Yevropa Ittifoqiga aʼzo 20 davlat Ukraina uchun 1 milliard yevro miqdoridagi snaryadlar sotib olish loyihasida ishtirok etish niyatini bildirgan. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel aytib oʻtdi.

“Yevropa Ittifoqining 20 ta davlati qoʻshma xaridlar loyihasida ishtirok etish niyatini bildirdi, hozir ushbu kelishuvni ulardan 17 tasi imzolagan boʻlsa, qolganlari milliy protseduralar tugagandan soʻng qoʻshiladi”, deydi Borrel.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2 milliard yevroga oʻq-dori yetkazib berish rejasini kelishib olgani maʼlum boʻlgan edi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqiga aʼzo 17 davlat va Norvegiya Ukraina uchun oʻq-dorilarni birgalikda sotib olishni, shuningdek, oʻz zaxiralarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi loyihani imzolagani maʼlum qilindi. Tegishli hujjatlarni Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gretsiya, Kipr, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chexiya, Shvetsiya, Estoniya, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga aʼzosi boʻlmasa-da Norvegiya ham imzolagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер