Yevropa Ittifoqida Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bergani haqida hech qanday dalil yoʻq
Illyustrativ foto
Yevropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrelning aytishicha, Yevropa Ittifoqida Xitoyning Rossiya Federatsiyasiga qurol yetkazib bergani haqida hech qanday dalil yoʻq.
U Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi kengashi yigʻilishi yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida shunday bayonot berdi.
“Menda Xitoyning Rossiyaga qurol yetkazib bergani va u buni rejalashtirayotgani haqida ham hech qanday dalil yoʻq”, deydi Borrel.
Avvalroq, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin Ukrainaga qurol yetkazib berayotgan Xitoy emas, AQSH ekanini aytgan edi. U Xitoy oʻq-dorilari Rossiya tomonidan Ukrainada qoʻllanilgani haqidagi xabarlar fonida shunday bayonot bergan edi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gangning taʼkidlashicha, Xitoy Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmaydi va tomonlarning hech biriga qurol-yarogʻ bermaydi.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina masalasida Pekin har doim vaziyatdan kelib chiqqan holda mustaqil qaror qabul qiladi. Diplomatning taʼkidlashicha, “tinchlik va urush oʻrtasida” Xitoy “tinchlikni tanlaydi”, “muloqot va sanksiyalar oʻrtasida” esa “muloqotni tanlaydi”.
Shu yilning fevral oyida AQSH Xitoyni Ukrainadagi mojaroda foydalanish uchun Rossiyaga halokatli qurollar yetkazib bersa, buning oqibatlari haqida ogohlantirgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring