Yevropa Ittifoqi Zelenskiyning Alyaska sammitida ishtirokini taʼminlamoqchi
Foto: LRT
Yevropa Ittifoqi yetakchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Alyaskada oʻtadigan AQSH va Rossiya sammitida ishtirok etishini taʼminlashga harakat qilmoqda. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, hozirgi asosiy maqsad — Zelenskiyga Alyaskadagi muzokaralar davrasida joy ajratish.
Politico yozishicha, Yevropa yetakchilari sammitga taklif etilmagan. Shu bois ular “koʻp vaqtni bir-birlari bilan gaplashishga sarflayotgani” taʼkidlangan.
Maʼlumot uchun, 15-avgust kuni Alyaskada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring