Yevropa Ittifoqi temir yo‘l va avtomobil tashuvlari uchun import nazorati 2 (ICS2) tizimini joriy etmoqda

16:08 03 Mart 2025 Jamiyat
282 0

2025-yil 1-apreldan boshlab tovarlar yetib kelishidan oldin barcha tashuvchilar, jumladan avtomobil va temir yo‘l transporti ham, Yevropa Ittifoqiga yuborilayotgan yoki undan o‘tayotgan tovarlar haqidagi ma’lumotlarni ICS2 tizimiga kiritishi lozim bo‘ladi.

ICS2 – Yevropa Ittifoqiga kiritilayotgan barcha tovarlar xavfsizligini ta’minlash uchun yaratilgan takomillashtirilgan nazorat tizimi. Tizimning asosiy vazifasi yuk Ittifoq chegaralariga yetib kelishidan oldin u haqida batafsil ma’lumot to‘plashdan iborat.

“Yevropa Ittifoqiga eksport yoki tranzit tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirgan milliy tashuvchilar deklarantlar bilan hamkorlikda ushu jihatni inobatga olishlarini so‘rab qolamiz” deyiladi Transport vazirligi rasmiy xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер