Yevropa Ittifoqi Eronning dron ishlab chiqaruvchi korxonalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi

23:20 20 Oktyabr 2022 Dunyo
814 0

Arxiv surat

Yevropa Ittifoqi Eronning “Shahed Aviation Industries” dronlarini ishlab chiqaruvchilarga va respublikaning uch generaliga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Yevropa Ittifoqi (YEI) Eronning dron ishlab chiqaruvchi korxonalariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi kengashining Eron boʻyicha tegishli rezolyutsiyasida maʼlum qilingan.

Taʼkidlanishicha, respublikada uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchi “Shahed Aviation Industries” kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan. Bundan tashqari, ushbu sanksiyalar eronlik uch generalga ham tegishli.

«Eron rejimi Rossiyaning Ukrainaga qarshi asossiz tajovuziga harbiy yordam bermoqda. Vaziyatning jiddiyligini hisobga olib, YEI Kengashi uch shaxs va Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlari yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan bir tashkilotni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi», deya deyiladi rezolyutsiyasida.

Avvalroq, Tehron Gʻarbning kamikadze dronlarini Rossiyaga yetkazib berish boʻyicha ayblovlariga qarshi chiqqan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер