Yevropa Ittifoqi Armaniston va Ozarbayjonni harbiy harakatlarni toʻxtatishga chaqirdi
Arxiv surat
Yevropa Ittifoqi (YEI) Armaniston va Ozarbayjonni harbiy harakatlarni toʻxtatishga chaqirdi. Bu haqda YEI tashqi ishlar xizmati bayonotida aytiladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Bayonotga koʻra, Yevropa Ittifoqi Boku va Yerevanni Armaniston va Ozarbayjon kuchlari oʻrtasida Lochin yoʻlagi atrofida va oʻzaro toʻqnashuv chizigʻidagi boshqa joylarda olib borilayotgan jangovar harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqiradi. Yevropa Ittifoqi ushbu toʻqnashuvlar odamlarning hayotdan koʻz yumishiga va jarohatlariga olib kelganidan afsusda ekanligini bildirdi.
Bayonotda, shuningdek, eskalatsiyaga erishish, oʻt ochishni toʻxtatish rejimiga toʻliq rioya qilish va kelishilgan yechimlarni topish uchun muzokaralar stoliga qaytish oʻta muhimligi qayd etilgan.
“Yevropa Ittifoqi keskinlikni bartaraf etishga yordam berish va Janubiy Kavkazda barqaror tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda ishtirok etishni davom ettirish tarafdori”, deyiladi bayonotda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring