Yevropa Ittifoqi 15 ming nafargacha ukrainalik askarni tayyorlash borasida kelishib oldi
Arxiv surat
Yevropa Ittifoqi (YEI) oʻquv missiyasi doirasida 15 ming nafargacha ukrainalik askarni tayyorlamoqchi. Bu haqda Germaniyaning “Der Spiegel” nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, soʻnggi haftalarda Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar 15 ming nafargacha ukrainalik askarni imkon qadar tezroq mamlakat tashqarisida oʻqitish kerakligi haqida ishchi darajada kelishib olgan.
Qayd etilishicha, reja doirasida 3000 ga yaqin ukrainalik askarlar komandirlar uchun maxsus jangovar tayyorgarlikdan va sapyorlar kurslaridan oʻtishi kerak.
Avvalroq, Fransiya yil oxirigacha Polshada ukrainalik askarlarni tayyorlashni boshlashi xabar qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring