“Etik kiygan mushuk” spektakli namoyish etildi
Bugun Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida jahonga mashhur ertak asosidagi “Etik kiygan mushuk” spektakli namoyish etildi.
Pyesa muallifi Sharl Perro, sahnalashtiruvchi rejissyor Shuhrat Ibragimov, rassom Sardor Otaboyev, liboslar boʻyicha rassom Yevgeniya Biserova. Rollarda Asqar Hikmatov, Musulmon Yunusov, Barot Hasanov, Zaynura Nigʻmatova va boshqalar.
Spektaklda rostgoʻylik, muhabbat va insoniylik fazilatlari ulugʻlangan. Ayniqsa, aktyorlarning oʻziga xos ijrolari, yorqin xarakterlar yosh tomoshabinlarga manzur boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring