Estoniya prezidenti Rossiyani tiz choʻktirish uchun hamma narsani qilishini aytdi
Foto: AP
Estoniya Rossiyani tiz choʻktirish uchun hamma narsani qiladi. Ushbu fikrlarni mamlakat prezidenti Alar Karis aytib oʻtdi.
«Biz Rossiyani tiz choʻktirish uchun hamma narsani qilamiz», dedi u.
Karisning qoʻshimcha qilishicha, Ukraina boʻyicha muzokaralar faqat Rossiya harbiy magʻlubiyatidan keyin boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, hozir Kiyevga oʻz hududida NATO harbiy kontingenti emas, balki Gʻarb qurollarini yetkazib berish kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring