Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi
Foto: Arxiv surat
Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022-y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritildi
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:
— 2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
— 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
— 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
— 2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring