Yeryongʻoq insultga chalinish xavfini yigirma foizgacha kamaytiradi — Tadqiqot xulosalari
Illyustrativ foto
Yeryongʻoqni xoʻsh koʻrib isteʼmol qiluvchilar insult va yurak-qon tomir kasalliklaridan himoyalanadi.
Xuddi shunday xulosaga Yaponiyaning Osaka universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar yakunida kelindi. Ilmiy izlanishlar haqida batafsil “Stroke” jurnalida maqola chop etilgan.
Tadqiqotchilar oʻtgan asrning 90 yillaridan 45-74 yosh atrofidagi 74 000 nafardan ortiq yaponlarning ovqatlanish ratsioni haqida maʼlumot toʻplashib, ularning sogʻligʻida yuz bergan oʻzgarishlarni oʻrganishgan. Kuzatishlarda tadqiqot subyektlari orasida 3599 ta insult va 849 ta koroner yurak kasalligi qayd etilgan. Maʼlum boʻlishicha, kuniga 4-5 ta yer yongʻoq donasini yeb yurganlar ushbu mahsulotni tanovul qilmaganlarga qaraganda yurak xastaliklariga chalinish ehtimoli kamroq kuzatilgan. Yeryongʻoq yurak-qon tomir kasalliklari umumiy xavfini 13, insult xavfini 16 va ishemik insult xavfini esa 20 foizga kamaytirgan.
“Yongʻoq toʻyinmagan yogʻlar, minerallar va vitaminlarga boy va uni muntazam isteʼmol qilish qon bosimi va xolesterin darajasini pasaytirishi, shuningdek, organizmdagi yalligʻlanishni kamaytiradi”, deydi tadqiqot mualliflari.
Olimlarning qayd etishicha, yeryongʻoqning oz miqdori ham yurak-qon tomir tizimini qoʻllab-quvvatlash uchun yetarli boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring