Ertaga Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha “svet”siz qoladi
Ertaga, 28-aprel kuni Toshkent shahri Bektemir tumanining ayrim hududlari vaqtincha elektr tarmogʻidan uziladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida, joriy yilning 28-aprel kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
Bektemir tumani: “Iqbol” hamda “Chashma” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
“Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻragan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring