Ertaga "Toshkent — Xojikent — Toshkent" poyezd yoʻnalishida 2 ta reys bekor qilinadi
Bu haqda “Oʼztemiryoʼlyoʼlovchi” AJ xabar berdi.
«2021-yil 10-iyun kuni Toshkent-Xojikent-Toshkent yoʻnalishida harakatlanadigan shaharlararo yoʻlovchi poyezdlarining 2 ta reysi bekor qilinadi!
“Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UKga qarashli QODIRYA — OQQOVOQ bekatlari oraligʻining 18-kilometridan 19-kilometrigacha boʻlgan temir yoʻlda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shu sababli, 2021-yil 10-iyun kuni
— soat 07:10 da «Toshkent – Xojikent»
— 10:10 da «Xojikent – Toshkent» yoʻnalishida harakatlanadigan shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.
Shu kuni soat 14:06, 16:42, 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan – «Toshkent–Xojikent-Toshkent» yoʻnalishidagi shaharlararo yoʻlovchi poyezdlari harakat jadvali boʻyicha qatnovini amalga oshiradi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻraydi» deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring