Ertaga qabulning soʻnggi kuni. Bugun qancha abituriyent roʻyxatdan oʻtdi?

20:43 19 Iyul 2020 Jamiyat
1713 0

2020-yil 19-iyul soat 18:00 holatiga respublika boʻyicha jami 1 323 384 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 510 572 nafar) abituriyent roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.

Shundan, taʼlim shakli boʻyicha:

▪️ kunduzgi – 733 951 nafar;

▪️ sirtqi – 558 124 nafar;

▪️ kechki – 31 309 nafar.

Hududlar miqyosida:

Toshkent shahri – 360 598 nafar;

Samarqand viloyati – 125 048 nafar;

Fargʻona viloyati – 101 295 nafar;

Andijon viloyati – 96 401 nafar;

Qashqadaryo viloyati – 87 995 nafar;

Surxondaryo viloyati – 80 591nafar;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 74 377 nafar;

Toshkent viloyati – 70 246 nafar;

Namangan viloyati – 69 964 nafar;

Jizzax viloyati – 63 901 nafar;

Buxoro viloyati – 59 143 nafar;

Xorazm viloyati – 50 308 nafar;

Navoiy viloyati – 42 794 nafar;

Sirdaryo viloyati – 37 723 nafar.

Tillar kesimida:

▪️ oʻzbek tilida – 1 157 573 nafar (87,6%)

▪️ rus tilida – 123 503 nafar (9,3%)

▪️ qoraqalpoq tilida – 39 429 nafar (2,9%)

▪️ boshqa tillarda – 2 879 (0,2%).

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar:

▪️ Samarqand davlat universiteti – 67 405 nafar;

▪️ Andijon davlat universiteti – 52 300 nafar;

▪️ Qarshi davlat universiteti – 51 733 nafar;

▪️ Termiz davlat universiteti – 46 251 nafar;

▪️ Namangan davlat universiteti – 46 223 nafar.

Eslatib oʻtamiz, ertaga - 20-iyul abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazishning soʻnggi kuni.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер