Ertaga Oʻzbekistonda qor yogʻadi

14:13 13 Mart 2021 Jamiyat
1461 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 14-mart kuni Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-2° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va yertalab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 6-11° sovuk, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va yertalab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер