Ertaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” boʻlib oʻtadi

22:12 18 Oktyabr 2022 Siyosat
709 0

2022-yil 19-oktabr kuni soat 15-00da Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” boʻlib oʻtadi. 

Unda xalq vakillari “Ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari va koʻp kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash toʻgʻrisida”gi masalani muhokama qiladi.

Xalq vakillarining kun tartibidagi masala yuzasidan savollariga Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.Hidoyatov javob beradi.

Mazkur tadbir Oliy Majlis Qonunchilik palatasining youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер