Ertaga ob-havo qanday bo'ladi?

18:53 11 May 2020 Jamiyat
941 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 12-may kuni mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20, kunduzi 30-32 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер