Dam olish kunlari harorat 40 darajagacha koʻtariladi

10:30 08 Iyun 2024 Jamiyat
962 0

Oʻzbekiston boʻyicha 2024-yil 7-9-iyun kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Harorat kechalari 18-23 daraja, kunduzi 7-iyunda 32-37, 8-9-iyunda 34-39 daraja boʻladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-22, kunduzi 7-iyunda 34-36, 8-9-iyunda 35-38 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер