Ertaga “Covid-19: sinovli kunlar” hujjatli filmi premyera qilinadi
Ertaga soat 15:00 da Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan “Covid-19: sinovli kunlar” hujjatli filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.
Kinokartinada jahon miqyosida avj olgan koronavirus infeksiyasining zararli oqibatlari, uni bartaraf etish va virusga qarshi kurashish jarayonlari haqida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Nurilla Narzullayev, operator Muzaffar Yusupov, operator assistenti Komil Nugmonov, muharrir Umida Yaxshiboyeva, kartina direktori Zuhra Poʻlatova.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring