Ertaga “C5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtadi

21:19 29 Iyun 2020 Siyosat
860 0

2020-yilning 30-iyun kuni videokonferensaloqa orqali yuqori darajali “Markaziy Osiyo – AQSH” (“C5+1”) shaklidagi navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtadi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Uchrashuvda Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqilshi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер