Ertaga 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun davlat muzeylariga kirish bepul — Madaniy meros agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar uchun sovgʻa hozirlanmoqda.
Unga koʻra, 1-iyun sanasida 16 yoshgacha boʻlgan barcha bolalarga Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muzeylariga kirish bepul qilib belgilanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring