Ertadan Qozogʻistonda karantin choralari kuchaytiriladi
Qozogʻistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari koʻpayib borayotgani sababli 5-iyuldan 14 kunlik karantin cheklov choralari joriy etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur davlatning rasmiy axborot manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Ikki hafta davomida ommaviy tadbirlar oʻtkazish taqiqlanadi va odamlarning harakatlanishi cheklanadi. Xususan, uch nafardan ortiq odam birgalikda koʻcha va xiyobonlarda yurishi mumkin emas, yoshi 65dan oshganlarning koʻchaga chiqishi taqiqlanadi.
Goʻzallik salonlari, yopiq bozorlar, diniy muassasalar, maktabgacha taʼlim muassasalari, savdo markazlari va boshqa qator obyektlar faoliyati toʻxtatiladi.
Davlat organlari, idoralar, kompaniya va tashkilotlarda ijtimoiy masofa saqlanishi talab qilinadi.
Tibbiyot markazlari, dorixonalar, oziq-ovqat doʻkonlari va ochiq bozorlar ishlashda davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring