Eronning yangi hukumati muzokaralarga tayyor – Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning yangi hukumati muzokaralar olib borishni xohlayotganini taʼkidladi. Bu haqida “Kontext” Telegram-kanali xabar berdi.
“Ular biz bilan gaplashmoqchi va men gaplashishga rozi boʻldim. Ular buni tezroq qilishlari lozim edi, ular juda uzoq kutishdi”, — degan Oq uy rahbari.
Qoʻshma Shtatlar rahbari bu muzokaralar qachon va qayerda oʻtkazilishiga oydinlik kiritmagan.
“Biz avval muzokara olib borganlarning baʼzilari allaqachon halok boʻldi. Chunki juda kuchli zarba berdik. Ular kelishuvga erishish imkoniyatiga ega edilar”, — deb qoʻshimcha qilgan Tramp.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring