Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
AQSH senatori Lindsi Grem Qoʻshma Shtatlarning Eronga hujumi haqida fikr bildirib, bu amaliyot mamlakat tarixidagi eng taʼsirli harbiy operatsiya ekanini taʼkidladi. U bu haqida oʻzining “X”dagi sahifasida yozib qoldirgan.
Senatorning bildirishicha, mazkur operatsiya belgilangan rejadan tezroq amalga oshirilmoqda va AQSH tarixidagi eng taʼsirli harbiy amaliyotlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, u ushbu hujum oqibatida Eronning qarshi hujum qilish imkoniyati 50 foizga kamayganini ham qoʻshimcha qilgan.
Lindsi Grem Eron xavfsizlik infratuzilmasi katta bosim ostida ekanini, mamlakat rahbariyatiga jiddiy zarba berilgani qayd etib, operatsiyada qatnashayotgan harbiy xizmatchilarga minnatdorlik bildirgan. Bundan tashqari, AQSH senatori prezident Donald Trampni zamonaviy davrning eng muhim bosh qoʻmondoni sifatida taʼriflagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring