Erondagi norozilik namoyishlari paytida 30 nafardan ortiq kishi halok boʻldi
Eronda toʻqqiz kun davom etgan norozilik namoyishlari chogʻida kamida 35 kishi halok boʻlgan, 1,2 ming nafardan ortiq namoyishchi hibsga olingan. Bu haqda DW xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, norozilik aksiyalari kamida 88 shaharni qamrab olgan. Ayrim paytlarda kuch tuzilmalari namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatgan, ayniqsa kichik aholi punktlarida oʻtgan aksiyalarda bunday holatlar koʻproq kuzatilgan.
Halok boʻlganlar orasida 29 nafar namoyishchi, toʻrt nafar bola va ikki nafar xavfsizlik kuchlari xodimi bor.
Shuningdek, kecha Eron sud tizimi vakillari norozilik namoyishlari davomida hibsga olingan shaxslarga nisbatan hech qanday yengillik qilinmasligini maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, 2025-yil oxirida Eronning bir qator yirik shaharlarida inflyatsiyaning jadal oʻsishi va eron rialining keskin qadrsizlanishi bilan bogʻliq norozilik sababli ommaviy namoyishlar boshlangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring