Eron va Oʻzbekiston ishbilarmonlari oʻrtasida qiymati qariyb 200 million dollarlik investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi

08:56 22 Fevral 2022 Iqtisodiyot
919 0

Joriy yilning 21-fevral kuni Tehron shahrida Oʻzbekiston — Eron biznes forumi boʻlib oʻtdi. 

Forumda ikki mamlakat Hukumati va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov, Eron tomoniga esa iqtisodiy masalalar boʻyicha vitse-prezident Muhsin Rizoiy Mirhayot boshchilik qildi.

Tadbir dasturi doirasida investitsiyalarni jalb qilishning eng istiqbolli yoʻnalishlari hamda ustuvor tarmoqlarda Oʻzbekistonning investitsiyaviy salohiyati va tayyor loyiha takliflari toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazildi.

Forum yakunlari boʻyicha Eron va Oʻzbekiston ishbilarmonlari oʻrtasida qiymati qariyb 200 million dollarlik qator investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер