Eron Ukrainaga tovon toʻlashga rozi boʻldi, faqat...

13:56 31 Iyul 2020 Dunyo
982 0

Foto: РИА Новости

Tehron “Ukraina xalqaro havo yoʻllari” yoʻlovchi samolyotining halokati uchun tovon toʻlashga rozi boʻldi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Abbos Musaviy bayonotida aytib oʻtdi. 

“Eron samolyot uchun kompensatsiya toʻlashga rozi boʻldi, ammo bu masalani amalga oshirish uchun vaqt talab etiladi va texnik hamda huquqiy nuqtayi nazardan har xil xususiyatlarga ega”, - deydi Musaviy.

Tehron va Kiyev oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda, Eron bu hodisa uchun maʼsuliyatni oʻz zimmasiga olgan, deb qoʻshimcha qildi TIV vakili.

Musaviy, shuningdek, “yoʻlovchilarning koʻpchiligi” Eron fuqarolari boʻlganini eslatdi.

Eslatib oʻtamiz, Tehron aeroportidan Kiyevga parvoz qilgan “Ukraina xalqaro havo yoʻllari” kompaniyasining Boing 737-800 samolyoti 8-yanvar kuni erta tongda, parvozidan koʻp oʻtmay halokatga uchradi va 176 kishi halok boʻldi. Yoʻlovchilar orasida Eron, Ukraina, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Afgʻoniston fuqarolari bor edi.

Eron harbiy kuchlari 11-yanvar kuni samolyot inson omili sababli tasodifan urib tushirilganini maʼlum qildi: samolyot harbiy obyekt yaqinidan uchayotgan edi, uni “dushman” qanotli raketasi deb qabul qilishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер