Eron Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi

17:12 14 Sentyabr 2022 Siyosat
817 0

Foto: president.uz

Samarqand shahridagi Kongress markazida Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Eron Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.

Ikki mamlakat yetakchilari shohsupaga koʻtarildilar. Oʻzbekiston va Eron davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar faxriy qorovul oldidan oʻtib, harbiy xizmatchilarni qutladilar. Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari qatnashdi.

Birgalikda suratga tushishdan soʻng davlat rahbarlarining muzokaralari boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер