Eron Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy 14-16-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Oliy darajadagi Oʻzbekiston-Eron muzokaralari va tashrif doirasidagi boshqa tadbirlar Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.
Ikki mamlakat yetakchilari koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini koʻrib chiqadilar, savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratadilar.
Uchrashuv yakunida qator qoʻshma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
15-16-sentyabr kunlari Prezident Ibrohim Raisiy SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring