Eron oʻzining koronavirusga qarshi dorisini avgustda sotuvga chiqarmoqchi
Eronda koronavirusga qarshi tayyorlangan yangi dori mamlakatdagi bemorlar uchun uch hafta ichida sotuvga chiqariladi.
Eron fan va texnologiyalar vitse-prezidenti Sorena Sattari bu dori haqida 26-iyul yakshanba kuni eʼlon qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bir qancha dori ishlab chiqaruvchi firmalar mamlakatda koronavirusning tarqalishini toʻxtatish uchun maqtovga sazovor ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, Hamadon viloyatidagi ilm-fan bogʻidagi Eron kompaniyalari koronavirus pandemiyasi bilan kurashda, xususan mamlakatning tibbiy jihozlarga boʻlgan ehtiyojini qondirishda muhim rol oʻynamoqda.
Eronda koronavirus ilk bor mart oyida Shialar uchun muqaddas boʻlgan Qom shahrida aniqlangandi. Eron bahorning dastlabki oylarida Italiya, Ispaniya va Xitoy kabilar qatorida dunyoda koronavirus eng avj olgan mamlakatlardan biri edi.
Rasmiy statistikada aytilishicha, hozirgacha bu mamlakatda 291 172 kishi koronavirusni yuqtirib olgan va ularning 15 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring