Eron kelishuvga tayyor, lekin sharti bor
Eron Tashqi ishlar vaziri muzokaralarga tayyor, faqat bitta shart bor.
“Eron tinchlikni xohlaydi, lekin bitta sharti bor, agar ular Eronga yetkazilgan zararni qoplashni nazarda tutsa, urushni tugatish boʻyicha vositachi davlatlarning takliflarini koʻrib chiqishga tayyormiz”, — degan mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi.
“Bizga doʻst boʻlgan koʻplab mamlakatlar gʻoyalarni taklif qilishdi va tinchlikka erishishda rol oʻynashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Agar bizning sharoitimizga mos keladigan urushni tugatish taklifi boʻlsa ... va Eron tomoniga yetkazilgan zarar qoplansa, biz buni albatta koʻrib chiqamiz”, — degan eronlik siyosatchi Al-Jazeera telekanaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, Aroqchi Tehron hali ham sulhga rozi emasligini qoʻshimcha qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring