Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida mamlakatimizga tashrif buyurdi

09:27 09 Noyabr 2023 Siyosat
381 0

Joriy yilning 9-noyabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Toshkent xalqaro aeroportida uni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan soʻng, Oliy martabali mehmon oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston Bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev poytaxtimizga yetib kelgani xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер