Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi Muhammad Boqir Qolibof “Hazrati Xizr” majmuasida boʻldi

11:25 14 Iyul 2022 Siyosat
829 0

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

Avvalroq, yurtimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi Muhammad Boqir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov hamrohligida Samarqand shahriga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Delegatsiya aʼzolari safar chogʻida “Hazrati Xizr” majmuasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Yuqori martabali mehmon Islom Karimov qabriga gul qoʻyib, unga hurmat va ehtirom bajo keltirdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер