Eron hech qachon yadro dasturidan voz kechmaydi
Foto: Pixabay
Eronning yadroviy inshootlari AQSHning raketa zarbalari oqibatida jiddiy zararlangan, biroq Tehron ular tiklanganidan keyin uranni boyitish ishlarini davom ettirish niyatida. Bu haqda Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi aytib oʻtdi.
“Bizning obyektlarimiz shikastlangan, jiddiy zarar koʻrgan, hozir yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Obyektlar vayron qilingan”, — deydi u.
Biroq Eron tashqi ishlar vazirligi rahbari yadroviy inshootlar tiklanishini, uranni boyitish “tinch maqsadlarda” davom etishini taʼkidladi.
“Endi bu toʻxtatildi, chunki ha, zarar jiddiy va ogʻir, lekin biz [uran] boyitishdan hech qachon voz kecha olmaymiz, chunki bu olimlarimizning yutugʻidir”, — deydi Araqchi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy inshootlariga yangi zarba berishga buyruq berishga tayyorligini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, bu “kerak boʻlsa” sodir boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring