Eron 4-fevraldan e'tiboran O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qiladi
O'zbekiston fuqarolari 4-fevraldan e'tiboran Eronga 15 kungacha vizasiz sayohat qilishlari mumkin.
Eronning Toshkentdagi diplomatik missiyasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston fuqarolariga Eronga har olti oyda bir marta vizasiz kirib, 15 kun qolishlari uchun viza olishlari talab qilinmaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, boshqa turdagi vizalar uchun tartiblar o'z kuchida qoladi.
Eslatib o'tamiz, Birlashgan Arab Amirliklari 16-fevraldan boshlab O'zbekiston fuqarolarini 30 kundan oshmagan muddatda ushbu mamlakat hududida bo'lishlari davrida viza talablaridan ozod etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring