Erkinjon Turdimov Samarqand hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunchilikka koʻra viloyat hokimi lavozimiga nomzod prezident tomonidan taqdim etiladi hamda ushbu nomzod boʻyicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv oʻtkaziladi.
Shu munosabat bilan bugun, 5-noyabr kuni viloyat hokimi lavozimiga nomzod boʻyicha partiya guruhlari bilan maslahatlashuv oʻtkazish uchun prezident maslahatchisi G.Mirzayev sessiya ishida ishtirok etdi. Maslahatlashuvda prezident tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga Erkinjon Turdimov nomzodi koʻrsatilgani bildirildi.
Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga moʻljallangan oʻz dasturini taqdim etdi. Nomzod boʻyicha partiyalar guruhlari ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Konstitutsiyaning 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Erkinjon Turdimov nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Erkinjon Turdimov 2018-yilning iyulida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi. Undan avval Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring