Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.
Prezidentimiz aholi va tadbirkorlarning fikrini oʻrganib, Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarayotgan Erkinjon Turdimovni tavsiya etishga qaror qilganini qayd etdi.
Viloyat faollarining fikrlari tinglanib, hokimni tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Hokim Sirdaryoni rivojlantirish boʻyicha rejalarini hayotga, aholi turmush tarziga koʻchirib, viloyatni eng ilgʻor hududlardan biriga aylantirish uchun kelasi yil viloyatga jami 3 milliard dollar investitsiya kiritish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 185 ming odamni band qilish boʻyicha qattiq ishlashi lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring