Erdogʻan turklarni Oyga olib chiqmoqchi

21:17 10 Fevral 2021 Dunyo
1440 0

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan turklarni Oyga olib chiqishga vaʼda berdi. Uning aytishicha, Turkiya 2023-yil oxirigacha oʻz kosmik kemasini Oyga ekspeditsiyaga yuboradi.

“Anadolu” axborot agentligi xabariga koʻra, bu haqda Erdogʻan mamlakatning yangi Milliy kosmik dasturi taqdimotida aytib oʻtdi.

“Bizning maqsadimiz 2023-yil oxirida Turkiyaning 100-yilligi sharafiga Oyga ekspeditsiyani amalga oshirish. Birinchi qoʻnish qattiq bo‘ladi. Bu birinchi qadam. Ikkinchi bosqichda yumshoq qoʻnish boʻladi. Bizning muhandislarimiz kosmik kemani Oyga olib borishga qodirligiga ishonaman”, deydi Turkiya prezidenti.

Dastur, shuningdek, meteorologik sunʼiy yoʻldoshlarni ishlab chiqish va kosmik sanoat uchun kadrlar tayyorlashni oʻz ichiga oladi. Erdogʻanning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldoshlardan olingan maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlanadi.

Yanvar oyi oxirida Erdogʻan “Tesla” va “SpaceX” rahbari Ilon Mask bilan telefon orqali suhbatlashgani edi.

8-yanvar kuni “SpaceX Falcon 9» raketa tashuvchisini Turkiyaning sunʼiy aloqa yoʻldoshi ”Turksat 5A" bilan uchirdi. Raqamli televideniye va keng polosali Internet xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan sunʼiy yoʻldosh 2021-yilning ikkinchi yarmidan ishlay boshlaydi. Bu orbitadagi toʻrtinchi turk kosmik kemasi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер