Erdoʻgʻan “Avliyo Sofiya” kechayu kunduz ochiq boʻladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan “Avliyo Sofiya” masjidi 24 soat davomida ochiq boʻlishi haqida koʻrsatma bergan. Bu haqda Istanbul viloyati gubernatori Ali Yerlikaya maʼlum qildi.
“Janob prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bugundan eʼtiboran “Avliyo Sofiya” 24 soat ochiq turishi haqida koʻrsatma berdi. “Avliyo Sofiya” masjidi har doim ochiq boʻladi. Biz prezidentimizdan minnatdormiz», – deya yozadi gubernator ”Tvitter"dagi sahifasida.
Muzeydan masjidga aylantirilgan “Avliyo Sofiya”da 24-iyul kuni 86 yil deganda birinchi marta juma namozi oʻqildi.
Gretsiya nasroniylari “Avliyo Sofiya”ning masjidga aylantirilganidan qattiq qaygʻuda ekanligini aytdi. Kecha ular motam tutdi va motamning nishonasi sifatida cherkovlardagi qoʻngʻiroqlarni chaldi. Shuningdek, Gretsiya bayrogʻi pastga tushirib qoʻyildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring