Yer yuzida 17,5 foiz kattalar bepushtlikdan aziyat chekmoqda — JSST

11:17 04 Aprel 2023 Dunyo
635 0

Hozirgi kunda dunyo boʻyicha har olti kishidan biri bepushtlik dardiga chalingan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining yangi hisobotida qayd etilishicha, bu koʻrsatkich katta yoshli aholining qariyb 17,5 foizini tashkil qiladi.

Bepushtlikning oldini olish, diagnostika va muolaja qilishga doir mavjud usullar narxi juda yuqori. Ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda tibbiy xizmatning bu turidan barcha birdek foydalana olmaydi.

Shu sababli JSST hukumatlarni ushbu dardga chalingan muhtoj insonlar uchun arzon va sifatli davolash vositalaridan foydalanish imkoniyatini oshirishga chaqirdi.

Qolaversa, tashkilot koʻplab mamlakatlarda bepushtlik statistikasi muntazam yuritilmayotgani muammo koʻlami yanada oshishiga xizmat qilishini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер