Yer savdosi bilan bogʻliq navbatdagi firibgarlik holatlari fosh etildi

12:21 29 Avgust 2022 Jamiyat
512 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. boshqa bir fuqaro B.ga tumandagi “Miraki” qishlogʻi hududidagi 20 sotix daryo muhofaza zonasiga qarashli zaxira yer maydonini 20 000 AQSH dollariga rasmiylashtirib olib berishga kelishib, 200 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Bekobod shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.X. shaharning 13-dahasidan fuqaro F.ga “Yoshlar mehnat guzari” majmuasini qurish uchun ajratilgan 4 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro I.ga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishi, keyinchalik tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib 18 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер