Yer qaʼrida 2 ming yil qolib ketgan qozon
Angren shahar tarixi muzeyida yer qaʼrida 2 ming yil qolib ketgan qozon saqlanmoqda. Mil. avvalgi II — I asrga tegishli ushbu eksponat muzeyning tarix boʻlimiga joylangan.
Bronza qozonning balandligi 52 santimetr — yarim metrga teng boʻlib, yuqori qismining diametri 55 santimetr, aylanasi 170 santimetrdan iborat.
Bronza qozonning yuqori qismi singan va tashqi zarblar taʼsirida oʻz shaklini oʻzgartirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring