Yer osti suvlari sathi va zaxiralari kamayib ketayotgan 23 ta tumanda quduqlar burgʻilashga moratoriy joriy etildi
Foto: Arxiv surat
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, tasdiqlangan miqdordan ortiqcha suv olish suv sathining pasayib ketishiga va bu zaxiralarning bir necha yil ichida tugashiga olib kelishi mumkin.
Natijada ichimlik suv manbasi boʻlgan quduqlar quriydi va katta mablagʻlar hisobiga qurilgan ichimlik suv inshootlari suv bermay qoʻyadi.
Yer osti suvlaridan foydalanish va quduq burgʻilash tizimini takomillashtirish, yer osti suv resurslarini muhofaza qilish boʻyicha nazoratni kuchaytirish, aholi orasida suvdan oqilona foydalanish madaniyatini keng targʻib qilish, yer osti suvlarning kamayishi hamda ifloslanishining oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:
Nurota, Nurobod, Payariq, Ishtixon, Urgut, Qoʻshrabot, Forish, Zomin, Yangiobod, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Koʻkdala, Koson, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqoʻrgʻon, Beshariq, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Paxtaobod, Qoʻrgʻontepa, Izboskan tumanlarida quduqlar burgʻilashga moratoriy joriy etildi.
4 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan oʻzbek (Tomchivoy) va rus (Kapelka) tillarida jurnal tayyorlanib, chop etildi.
Umumtaʼlim maktablarida ochiq darslar, jumladan “Water time” dasturi tashkil etildi. Bugungi kunga qadar mazkur dasturning 4 ta soni tasvirga olinib ommaga eʼlon qilindi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston dunyodagi eng qurgʻoqchil mamlakatlardan biridir. Hududimizning katta qismi choʻl zonasida joylashgan, mamlakatdagi daryo va koʻllar yirik xalqaro suv omborlari bilan bogʻlangan boʻlib, ulardan boshqa mamlakatlar ham foydalanadi.
Suv resurslaridan unumli foydalanish va uni asrab-avaylash muhim zaruratdir. Aks holda kelajak avlod bu muhim resursdan mahrum boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring