Yer oldi-sotdisi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi

17:56 20 Dekabr 2022 Jamiyat
561 0

Fuqaro B.Q.ning Qashqadaryo viloyati IIB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda, fuqaro Sh.N. oʻzini “Muborak davlat oʻrmon xoʻjaligi” rahbari deb tanishtirib, Muborak tumani “Istiqlol” mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 10 gektar yer maydonini chorva mollari boqish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan holda 26,9 mln. soʻmga sotishga kelishib, kelishilgan pullarni ariza muallifidan firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер